2021-yilning 20-fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ustoz va murabbiylari uchun ma’naviyat soat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilish kun tartibiga murabbiylarning Axborot soatini o‘z vaqtida sifatli o‘tish holati, yurtimizda yuz berayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga to‘g‘ri va aniq ma‘lumotlar orqali yetkazish, yurtboshimizning odilona siyosatini yoshlar ongiga singdirish, talabalarning siyosiy bilimlarini oshirish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, kiyinish madaniyati, institut hududida chekmaslik, yigitlarning soch-soqolini olib yurish singari ma‘naviy-ma‘rifiy masalalar qo‘yilib, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Abdullayev Ulug‘bek Tulanbayevich bu boradagi fikrlarini murabbiylar bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu ma’naviyat soat yig‘ilishlari har haftaning dushanba kunlari bo‘lib o‘tishi belgilab olindi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!