YANGILIK VA TADBIRLAR

“Central Asia – 2021” XIV Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

2

     2021-yilning 19-21 may kunlari Toshkent shahrida Fan, ta’lim, madaniyat va biznesdagi Internet va axborot-kutubxona resurslari – “Markaziy Osiyo – 2021” XIV Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 150 yilligi nishonlandi.

     Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ma’muriyati huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zarxiv agentligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, shuningdek, Toshkent to ‘qimachilik va yengil sanoat institute hamda O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutlari bilan hamkorlikda tashkil etildi. Har bir oliy ta’lim muassasalari ARM vakillari qatnashdilar.

     Konferensiyada Axborot-resurs markazlari, Axborot-kutubxona markazlari, kutubxonalar rahbarlari, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar rahbarlari va mutaxassislari, olimlar, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, AKT sohasi mutaxassislari, jamoat arboblari, vazirlik va idoralar vakillari hamda Rossiya, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qoraqalpog‘istondan kelgan mutaxassislar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.  Tadbir onlayn tarzda o‘tkazildi, unda ZOOM platformasi orqali 100 ga yaqin axborot-kutubxona muassasalari ishtirok etdi.

    Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, axborot-kutubxona faoliyati samaradorligini, odamlarning kitobga qiziqishi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratayotgani ta’kidlandi.

                                      Ushbu Xalqaro konferentsiyaning maqsadi:

– axborot texnologiyalari davrida ilg‘or o‘qitish uslublari va vositalari yordamida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish;

– elektron axborot resurslarini shakllantirishda, kutubxona tizimlarini yaratishda va ulardan axborot-kutubxona muassasalarida, arxivlarda, muzeylarda foydalanish muammolari bo‘yicha samarali tajriba almashishda yordam berish.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!