YANGILIK VA TADBIRLAR

MCHJ “Ulkan Laziz” terini qayta ishlash korxonasiga tashrif

1

2021-yilning 27-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Korporativ boshqaruv” hamda “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor-о‘qituvchilari va talabalari birgalikda MCHJ “Ulkan Laziz” terini qayta ishlash korxonasiga tashrif uyushtirildi.

Tashkil etilgan etilgan mahorat darsida korxona raisi K.Gulamov ishtirok etib, korxona faoliyati, ish tartibi, yangiliklar va kelgusi rejalari xususida yig‘ilganlar bilan o‘rtoqlashdi.

“Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, professor-о‘qituvchilarni malakasini oshirish, korxonaning yutuqlarini aks ettiruvchi materiallar bilan о‘zaro almashuvni yо‘lga qо‘yish, qiziqarli muammolar bilan tanishish, talabalarda ishlab chiqarish jarayonlari haqida tasavvurlarni hosil qilish bugungi kun talabidir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, tashrif sо‘ngida korxona raisi K.Gulamov tomonidan talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Bu kabi uchrashuvlar talaba-yoshlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini oshishida yordam beradi, o‘z navbatida kelajakdagi ish faoliyatlarida poydevor sifatida xizmat qiladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!