YANGILIK VA TADBIRLAR

“MEN DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMNI QANDAY TUSHUNAMAN” RASMLAR TANLOVI

photo_2021-03-26_17-08-10

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Kostyum dizayni” kafedrasi talaba-yoshlari o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” oyligi doirasida “Men diniy ekstremizm va terrorizmni qanday tushunaman?” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda bir necha nafar talaba-yoshlar o‘zi chizgan rasmlar orqali ishtirok etishdi. Ishtirok etgan talabalarning ijodiy ishlari kafedra professor-о‘qituvchilardan tashkil topgan komissiya a’zolari tomonidan baholanib quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:

I o‘rin – Karimova Diyora;
II o‘rin – Xusanov Baxtinur;
III o‘rin – Arslonov Elbek.

Talaba-yoshlarning fotoplakatlarida haqiqiy ma’noda ma’rifatning yorug‘ yo‘li va jaholatning salbiy oqibatlari aks etgan, deya ayta olamiz.

Ma’lumot o‘rnida: Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tasdiqlangan “Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bо‘yicha 2021-yil birinchi yarim yilligi uchun yо‘l xaritasi”da “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ijtimoiy aksiya hamda ta’lim muassasalarida “Men diniy ekstremizm va terrorizmni qanday tushunaman?” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi о‘tkazilmoqda.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!