YANGILIK VA TADBIRLAR

Mini-futbol bo‘yicha “Do‘stlik spartakiadasi” musobaqasi o‘tkazildi

photo_2021-03-16_19-17-33

2021-yil 16-mart kuni “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi tomonidan “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” maqsadida “Sport bilan og‘usiz hayot sari” shiori ostida “Paxta sanoat texnologiyasi” fakultetining kafedralarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “Do‘stlik spartakiadasi”ning mini-futbol bo‘yicha musoboqasi bo‘lib o‘tdi.

 Musobaqada fakultetning 4ta kafedrasi  “Mashinashunoslik va servis xizmati”, “Tabiiy tolani dastlabki ishlash”, “Texnologik mashinalarni jihozlash”, “Muhandislik kompyuter grafikasi” kafedralarida faoliyat olib borayotgan 31 yoshdan oshgan 30ga yaqin professor-o‘qituvchilar qatnashdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, “Tabiiy tolani dastlabki ishlash” kafedrasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 2-bosqicha yo‘llanma olishdi. Musobaqa juda qizg‘in bayromona tarzda davom etdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!