O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son farmonida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 11-noyabrdagi 575-son buyrug‘i va yurtboshimizning beshta muhim tashabbusidan o‘rin olgan, Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini nomoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan ijrosini ta’minlash maqsadida  joriy yilning 19-fevral kuni Institutda tahsil olayotgan fakultetlararo talabalar o‘rtasida “Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar – ezgu maqsadlarimizga yetishda tayanchimiz va quvonchimizdir” shiori ostida mini-futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramanovich, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Ushbu sport tadbiri “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ommaviy sportni yanada rivojlantirish, mini-futbol bo‘yicha fakultet jamoasini hamda mini-futbol bo‘yicha institut terma jamoasiga a’zolarni saralab olishdir.

G‘oliblar institut rahbariyati tomonidan sovg‘a va diplomlar bilan taqdirlandi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!