YANGILIK VA TADBIRLAR

“MODA INDUSTRIYASIDA INNOVATSIYA VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR” NOMLI KONFERENSIYANING YAKUNIY TAQDIRLASH MAROSIMI

1-18

       Joriy yilning 19-may kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Moda industriyasida innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning yakuniy yig‘ilishi va yopilishi bо‘lib о‘tdi.

         Unda institut rektori t.f.d. I.Sabirov ishtirok etib anjuman ishtrokchilarini yana bir bor qutlab, anjuman kо‘tarinki ruhda о‘tganligi, unda faol ishtirok etgan xorijiy mehmonlar, yosh olimlar, magistrlar, iqtidorli yoshlarga, shо‘ba raislari va ishchi guruhga о‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi. Shundan sо‘ng shо‘ba raislari
t.f.d., prof. S.SH.Tashpulatov, prof. U.Raxmatullayeva, dots. X.Yunusxodjayeva,
dots. A.Kasimovalar va boshqa ishtirokchilar anjuman bо‘yicha о‘z fikr mulohazalari va takliflarini bildirishdi.

      Mazkur takliflarni keyingi anjumanlarda e’tiborga olishga kelishib olindi. Anjuman ishtirokchilari о‘rtasida “Eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovi о‘tkazilib, shо‘ba raislarining takliflari asosida g‘oliblar aniqlandi. I-shо‘ba bо‘yicha 1-о‘rin: Nargiza Axmedova, 2-о‘rin: Fozila Anvarjonova, 3-о‘rin: Shaxlo Umarova. II-shо‘ba bо‘yicha 1-о‘rin: Shoxrux Sherov, 2-о‘rin: Feruza Azimova, 3-о‘rin: Diyora Almardonova. III-shо‘ba bо‘yicha 1-о‘rin: Anna Belik 2-о‘rin: Gavhar Orziqulova, 3-о‘rin: Barno Alimuxamedovalar qо‘lga kiritishdi. G‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

        Tanlab olingan eng sara ilmiy maqolalar asosida ishlanmalarni yaratish va respublika kо‘rgazmalarida ishtirok etish tavsiya etildi. Ilmiy-amaliy anjuman yakunida qabul qilingan tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish bо‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!