Joriy yilning 20-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Talabalar turar joyida Kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari va kafedra qoshidagi “Tadqiqotchi” to‘garak a’zolari ishtirokida “Mo‘jizaviy kimyo” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlar ishtirok etishdi. “Mo‘jizaviy kimyo” mavzusida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvdan so‘ng, talabalar o‘rtasida kimyo faniga bo‘lgan qiziqish yanada oshdi.