O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Matbuot kotibi Berdiyeva Iroda Xudayshukurovna Madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha (Qashqadaryo viloyati) Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Shu munosabat bilan institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramonovich, prorektorlar, dekanlar, professor-o‘qituvchilar tomonidan institut jamoasi nomidan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Iroda Berdiyevani erishgan ulkan zafari bilan qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hozirgi kunda Iroda Berdiyeva Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti  Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafa (qo‘llash sohasi) mutaxassisligining
2-kurs magistranti.

Institut Matbuot kotibi Iroda Berdiyevani TTYeSI jamoasi nomidan mukofot bilan samimiy qutlaymiz, ota-onasi va ustozlariga minnatdorchilik bildirib, kelgusidagi ilmiy va ijodiy ishlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!