O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yilning 29-dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida Toshkent to‘qimachilk va yengil sanoat institutida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda institutning Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi. Ijtimoiy fanlar kafedrasining professori Gularam Masharipova “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi” ni o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Farhod Ibragimov  institut yoshlariga ko‘plab tavsiyalar berib, ularni qo‘llab-quvvatlash, ko‘mak berish, talabalar faolligi muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Davlat dasturida belgilangan vazifalar yuzasidan talaba-yoshlarga batafsil maʼlumot berildi. Targ‘ibot tadbirida yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan insonlar etib voyaga yetkazish, ularning hayotda munosib oʻrin topishi uchun koʻmak beradigan yaxlit va uzluksiz ta’lim tizimini yaratish vazifasi belgilanganligini alohida takidladi. Uchrashuv songida, talabalar ham o`zlarining talab va takliflarini bayon etdilar.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!