YANGILIK VA TADBIRLAR

Mustaqillik bayrami tabrigi!

photo_2021-08-31_15-24-44
 
Aziz hamkasblar! Muhtaram do‘stlar!
Sizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
Shunday qutlug‘ damda yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolaman.
Siz bilan biz shunday baxtli odamlarmizki, mana 30 yildan buyon ajdodlarimiz uzoq yillar orziqib kutgan erkin va ozod mamlakatda yashayapmiz. Eng muhimi, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va uning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga o‘z mehnatimiz bilan hissa qo‘shmoqdamiz.
Mustaqillik bizga milliy o‘ziga xosligimizni, or-nomus va g‘ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayram sifatida abadiy qoladi va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.
Yana bir bor mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin! Bayramingiz qutlug‘ kelsin azizlar!
Hurmat bilan,
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori
Ilxom Sabirov

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!