YANGILIK VA TADBIRLAR

Navro’z tabrigi

IMG_4491

Aziz va fidoyi hamkasblar!

Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan, go’zal va dilbar bahor fasli kirib keldi. Ana shu faslning ko’rki bu – Navro’z bayramidir.

Ushbu ulug’ ayyom – sharqona yangi yil bilan kattayu kichik barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Mana shu qutlug’ kunda siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Har yili Navro’z bayrami barcha shahar va qishloqlarimizda umumxalq sayillari tarzida nishonlanadi. El-yurtimizdagi aziz insonlar bir-birlarini qutlab, dala va qirlar, bog’ va maydonlarda Navro’z bayramini shodu xurramlik ila qarshi olmoqda. Doshqozonlarda sumalaklar pishirib, dasturxonlarga bahor ne’matlarini tortib, sayil-tomoshalar qilmoqdalar. Shu yorug’ kunlarga yetkazgani uchun shukronalar aytmoqda.

O’zaro mehr-oqibat, sahovat va muruvvat ko’rsatish, tabarruk keksalarimizni yo’qlash, nogironlar, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, hasharlar o’tkazib, yurtimizni yanada obod qilish kabi savobli ishlarimiz Navro’zning fayziga yanada fayz qo’shmoqda.

Barchangizni Navro’z ayyomi bilan yana bir bora tabriklab, o’zimning qalbimdagi eng samimiy tilaklarimni izhor etaman.
Navro’zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!
Har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, to’y-tomoshalar ko’p bo’lsin! Barchamizning ezgu orzu-niyatlarimiz ushalsin!
Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo’lsin!
Navro’z bayrami barchamizga muborak bo’lsin!

Hurmat bilan,
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti rektori,

Ilxom Sabirov

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!