YANGILIK VA TADBIRLAR

“Ochiq eshiklar kuni” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi

1

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Matbaa texnologiyalari fakulteti va “Tillar” kafedrasi tashabbusi bilan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi PF-6099-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan hamda yoshlarning bо‘sh vaqtini mazmunli о‘tkazishni tо‘g‘ri tashkil etish maqsadida joriy yilning 29-aprelida “Ochiq eshiklar kuni” loyihasi doirasida “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bо‘lib о‘tdi.

Tadbir judayam ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan “Vatan” haqida talabalar she’riy chiqishlari, Matbaa texnologiyalari fakulteti 2-bosqich 13-19 guruh talabalari Shakirov Abubakir, Fatxuddinov Abdulhafiz “Rektor” kubogi sohiblarning ko‘rgazmali chiqishlari, Master-klass “Aralash jang” san’ati bo‘yicha Osiyo chempioni Sherzodbek Hojimurodov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan “Qo‘l jangi” sport turi bo‘yicha tashkil etilgan to‘garak murabbiylari va ishtirokchilarning ko‘rgazmali chiqishlari tadbirga yanada o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.

Yakuniy qismda esa ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar va diplomlar topshirildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!