YANGILIK VA TADBIRLAR

“OCHIQ ESHIKLAR KUNI”

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini yaratishga qaratilgan taklif va tavsiyalarining mazmun-mohiyatini, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni, talabalarning siyosiy huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlarga oid davlat siyostining mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muasassalarida o‘tkaziladigan “Ochiq eshiklar kuni” loyihasi bo‘lib, ushbu keng qamrovli loyiha joriy yilning 29-april kunida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham o‘tkazilmoqda. Tadbirda institut talaba-yoshlari faol ishtirok etishmoqda.

“Ochiq eshiklar kuni” loyihasining maqsadi:

Yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, demokratik o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishtirish, ularda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg ‘usini shakllantirish va ijtimoiy faolligini oshirish;

Davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar shart-sharoitlarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalana olish ma’suliyati ularning o‘z zimmasida ekanligini atroflicha tushuntirish;

Ularning dunyoqarashi, fiklash doirasini yanada kengaytirish, ularning ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari hamda o‘zlari qiziqqan sohaning yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlarida ko‘maklashishdan iboratdir.

 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!