”Chinakam muvafaqqiyat bu koʻp yutuqlarga erishish emas, balki koʻp marta yiqilsa ham, yana oʻrnidan turib, qayta harakat qila olishdir. Bunday qobiliyat faqatgina kuchli iroda egalarida boʻladi. Mustahkam irodaga ega boʻlish hamma sohalar qatori sportda ham eng muhim jihat sanaladi.

Aholi, jumladan, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 2021-yilning 22-fevral kuni Toshkent Moliya institutida  kurash sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Milliy kurash murabbiyi Boymurotov Botirjon Nizomiddinovich shogirdlari bilan ishtirok etdi.

Musobaqada to‘qimachilik sanoat texnologiyasi fakulteti talabalari Raimov Abror Xo‘jayorovich, Rahmatov Akmal Xolmurod o‘g‘li, Ismoilov Mirzabek Akbar o‘g‘li ishtirok etib yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib, bir qator oliy ta’lim muassasalari orasidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti faxrli III o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘lar bilan taqdirlandilar.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 2020-yil 4-noyabrdagi PQ 4881-son qaroriga muvofiq Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kurash sport turini yanada ommalashtirish maqsadida mart oyini “Milliy qadriyatlar oyligi” deya e’lon qilinishi doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Vazir kubogi” musobaqasini o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur musobaqaning ta’lim muassasi – “Rektor kubogi” bosqichi 15-25 fevralgacha bo‘lib o‘tadi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!