YANGILIK VA TADBIRLAR

Shaxmat sport turi bo’yicha tadbirlar davom etmoqda

203

2021-yil 29-aprel kuni “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” maqsadida “Sport bilan og‘usiz hayot sari” shiori ostida “To‘qimachilik sanoati texnologiyasi” fakulteti kafedralarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “Do‘stlik spartakiadasi”ning shaxmat bo‘yicha musoboqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 6 ta kafedrada faoliyat olib borayotgan 31 yoshga to‘lgan va undan katta yoshdagi erkak va ayol professor-o‘qituvchilar qatnashdi. Musobaqa nizomi ishlab chiqildi va Xalqaro shaxmat Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan tizim bo‘yicha o‘tkazildi. Musobaqada 6ta kafedra jamoalari, “To‘qimachilik materialshunosligi”, “Yigirish texnologiyasi”, “To‘qimachilik matolari texnologiyasi”, “Kimyo”, “Ipak texnologiyasi”, “Ijtimoiy fanlar” kafedralarining 20 dan ortiq ekrak va ayol professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra, “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi dotsenti S.Raximxodjayev va “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dosenti D.Ortiqovalar 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritib, 2-bosqich institut birinchiligiga yo‘llanma olishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!