Ta’lim sifati va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda metodik qo‘llab-quvvatlash yuzasidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga biriktirilgan bir qator maktablarda Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan dars-mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Institut jamoasi Toshkent shahri Sirg‘ali tumanida joylashgan 237, 266, 267, 269, 304, 322-sonli umumta’lim maktablar va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 12, 17, 29, 42-sonli umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish hamda ularni metodik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yuqoridagi maktablar bitiruvchilarini OTMga kirish imtihonlariga tayyorlash yuzasidan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, institut professor-o‘qituvchilari tasdiqlangan grafik asosida maktab o‘qituvchilari va bitiruvchi sinf o‘quvchilariga mahorat darslari hamda qo‘shimcha to‘garak va dars mashg‘ulotlarini o‘tib kelishmoqda.

Mashg‘ulotlarda grafik reja ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu reja asosida institutning barcha kafedralarida faoliyat olib boradigan mutaxassislar o‘quvchilarga bilim, ko‘nikma va malakalari asosida jarayonlarni tashkil etmoqda. Bu kabi xayrli ishlar ertangi kunning egalari bo‘lmish yoshlarning ko‘roq ta’lim-tarbiya olishlari uchun zamin yaratdi.  

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!