Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun  insoniyat bezavol yashaydi.

Sh.Mirziyoyev

        Bugungi kunda adiblarimizning hayot yo‘llarini o‘rganish, ularning ijodi, ma’naviy merosini yoshlar ongiga singdirish, tariximiz qanchalar buyuk ekanligini anglash har bir inson oldida turgan ma’suliyatli vazifalardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 18-yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Matbaa texnologiyasi fakultetining “Tillar” kafedrasi tashabbusi bilan “Oybek faylasuf adib” mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda Ozarbayjon Respublikasi madaniyat xodimi Zeynalov Polad, O‘zbekiston davlat va san’at madaniyat instituti professori, shoira Sayyora To‘ychiyeva, Toshkent irrigatsiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti Xotin-qizlar Kengashi raisi Ra’no Qodirova, Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Umida Do‘stovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Ozarbayjon milliy liboslar defilesi, Ozarbayjon qizlari ansambli raqslar guldastasi, Matbaa texnologiyalari fakulteti jamoasi ishtirokida qiziqarli chiqishlar namoyish etildi.

       Ma’lumot o‘rnida: 2020-yilning 20-may kuni yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboni majmuasining ziyorati chog‘ida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga millat adabiyoti tarixida munosib o‘rin tutgan Oybek asarlarini o‘rganish va targ‘ib etish, bugunning raqamli texnologiyalari bilan qurollangan yoshlarning ongiga singdirish vazifasini yukladilar. Ushbu topshiriq yuzasidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institututi jamoasi o‘z oldiga roman va qissalari, ilmiy-nazariy, siyosiy, publitsistik asarlari, tarjimalari, ajoyib she’rlari, dostonlari, hikoyalari hamda o‘zbek adabiyoti xazinasini boyitgan asarlarini tatqiq etish hamda talaba yoshlar ongiga singdirish vazifasini qo‘ydi. Bu vazifa “Muhim besh tashabbus” ning ham yoshlar o‘rtasida keng ommalashishiga turtki bo‘ldi. Sababi, undagi to‘rtinchi tashabbus hisoblangan kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalasi yuqoriga ko‘tarilib, milliy adabiyotimizning zabardast vakillari hayoti va ijodini chuqur o‘rganishga kirishildi.

Institutda Oybek ijodini o‘rganish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, atoqli adib Muso toshmuhammad o‘gʻli Oybek nomidagi maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni ta’sis etilgani ham buning bir isbotidir. Oybek ma’naviy merosi ko‘krak nishoni bilan institutning madaniyat va ma’rifat sohasini rivojlantirish, Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda aholi o‘rtasida, shuningdek, dunyo miqyosida keng targ‘ib qilish borasida yuqori natijalarga erishgan institut tayanch doktorantlari, magistrlari va talabalari taqdirlanadi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!