YANGILIK VA TADBIRLAR

O‘ZBEKISTON-ROSSIYA OTM REKTORLARINING III-HUDUDLARARO KONFERENSIYASI

1

Joriy yilning 26-may sanasida qadimdan ilmu irfon maskani bo‘lgan Buxoroi sharifda O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchinchi mintaqalararo konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida zamonaviy yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqot sohasida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

Mintaqalararo anjumanda ikki mamlakatning yuqori martabali davlat hokimiyati organlari vakillari hamda 80 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasasi rektorlari ishtirok etishdi.

Anjuman dasturidan, shuningdek, ish beruvchilar ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-pedagogik xodimlar va iqtisodiyotning real sektoridagi korxona rahbarlari uchun malaka oshirish va qo‘shimcha kasb ta’limi dasturlarini tashkil etish, ikki davlat oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy sharoitlardagi hamkorligining innovatsion mexanizmlarini ishlab chiqish kabi keng qamrovli mavzular o‘rin oldi. Uchrashuvda oliy ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda dolzarb vazifa va masalalar muhokama qilindi hamda tomonlarni qiziqtirgan ta’lim, ilm-fan va madaniyat bo‘yicha fikr almashildi.

Konferensiya dasturiga ko‘ra, kunning ikkinchi yarmida ikki davlat OTM rektorlari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotda shaklida muhokama qilishdi. Anjuman yakunida O‘zbekiston va Rossiya OTM ikki tomonlama hamkorlik memorandumlarini imzoladilar.

Xususan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti – A.N.Kosыgin nomidagi Rossiya davlat universiteti bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramonovich hamkorlik ishlari va anjuman mavzusidan kelib chiqib, o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!