YANGILIK VA TADBIRLAR

Parij xalqaro moda akademiyasi vakillari tashrifi

11
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston-Fransiya ta’lim forumi”da ishtirok etish uchun xorijiy vakillar Toshkent shahriga tashrif buyurishdi.
Shu munosabat bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining xorijiy hamkorlaridan biri bo‘lmish Parij xalqaro moda akademiyasining rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvlarda Akademiyaning faxriy prezidenti janob Jann-Filip Vaukler va prezident Kristin Valter Bonini xonim hamda institut rektori Ilxom Sabirov ishtirok etishdi.
Oliygohning professor-o‘qituvchilari va qo‘shma hamda ta’lim dasturi talabalari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, sohadagi yangiliklar va hamkorlik ishlari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!