YANGILIK VA TADBIRLAR

Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti bo‘yicha yangi o‘quv yiliga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari

-5298548158206425377_121
 
✅Fakultet tarkibidagi kafedralarda 2021-2022 o‘quv yili kuzgi semestrida o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladigan fanlarning fan dusturlari, fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlangan va shu kunga qadar 100 foiz fanlardan o‘quv-uslubiy majmualar moodle titli uz platformasiga joylashtirilgan.
✅Kafedrada professor-o‘qituvchilarga o‘quv yuklamalari taqsimlandi va shaxsiy rejalar shakllantirildi. Taqsimot bo‘yicha barcha professor-o‘qituvchilar ishchi fan dasturlari, o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha O‘quv uslubiy majmualari yangilandi va o‘quv bo‘limi tomonidan tasdiqlandi.
✅1-kursga qabul qilinadigan jami 215 nafar, TTDIT yo‘nalishi bo‘yicha 75 nafar, TMJ yo‘nalishi bo‘yicha 100 nafar va MMTX yo‘nalishi bo‘yicha 40 nafar talabalarni kutib olish guruhlarga bo‘lish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Guruhlar shakllantirildi, barcha guruh murabbiylariga kafedra mudirlari bilan kelishilgan holda guruh murabbiylari belgilandi. Yangi o‘quv yilida o‘qishga qabul qilinadigan 1-kurs talabalari uchun reyting daftarchalar va talabalik guvohnomalari institut omboridan olindi. 6-sentyabrda 1-kurs talabalarini kutib olish va mustaqillik darslarini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va faxriy ustozlarni taklif etish bo‘yicha mutaxassislik kafedralari bilan kelishib olindi.
✅Fakultetga biriktirilgan 3-o‘quv binosidagi barcha auditoriyalar tozalandi, laboratoriya jihozlari qayta ko‘rikdan o‘tkazildi. 3-Talabalar turar joyining barcha qavatlari koridorlari, yuvinish xonalari, dam olish xonalari, oshxonalari, kir yuvish xonalari, hojatxonalari, yo‘laklar va sport zal ta’mirdan chiqarildi, ta’mirga muhtoj 2 ta omborxona plastik qoplamalari bilan jihozlandi, ta’mir talab talabalar yashash xonasi ta’mirlandi.
✅Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasida “SMART KLASS” akilli sinf tashkil etish borasida 3-bino 505 auditoriyada klaster tizimida maxsus sirtqi o‘quv tashkil etish maqsadida 75 000 AQSH dollari qiymatidagi TANGBERG masofadan o‘qitish moslamasi o‘rnatildi va programmalashtirildi. Tola sifatining barcha ko‘rsatkichlarini zamonoviy aniqlovchi HVI 900 va HVI 1000 USTER laboratoriya uskunalari olib kelindi va ishga tushirildi.
 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!