YANGILIK VA TADBIRLAR

“PLASTEKS” MCHJ da mahorat darsi

photo_2021-03-26_14-35-37

2021-yilning 26-mart kuni Toshkent to‘qimachilik institutining “Korporativ boshqaruv” kafedrasi professor-о‘qituvchilari va talabalari “PLASTEKS” MCHJ yigirish korxonasida tashkil etilgan mahorat darsida ishtirok etishdi.

Tadbir 2020-yil yanvar oyida tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida о‘tkazildi. Shartnoma bandlarida “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, professor-о‘qituvchilarning malakasini oshirish, korxonaning yutuqlarini aks ettiruvchi materiallar bilan о‘zaro almashuvni yо‘lga qо‘yish, qiziqarli muammolar bilan tanishish kabi talablar aks etgan.

Tashrif sо‘ngida korxona bosh texnologi Rasulxodjayev A.A. tomonidan kafedrada mavjud “Marketing” mutaxassisligi va “Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!