YANGILIK VA TADBIRLAR

Prezidentlik saylovi munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi

1
Hammamizga ma’lumki, yurtimiz muhim siyosiy jarayonlar qarshisida turibdi. 2021-yilning 24-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Barcha fuqarolar ushbu siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etib, qonuniy huquqlari asosida munosib nomzod uchun ovoz berishi lozim.
Shu munosabat bilan joriy yilning 4-oktyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Madaniyat saroyida saylov targ‘ibotini tashkil etish yuzasidan majlis bo‘lib o‘tdi. Bunda institut rektori Ilxom Sabirov, prorektorlar, dekanlar, professor-o‘qituvchilar va ustoz-murabbiylar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida vazifalar aytib o‘tildi. Shuningdek, xodimlarning va talaba-yoshlarning siyosiy jarayonlarda faolligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!