YANGILIK VA TADBIRLAR

Professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘quv seminari

-5292002963054769493_121

 

❇️Joriy yilning 31-avgust kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yangi o‘quv yilida mustaqillik darslarini tashkil etish uchun jalb etilgan professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

✅Yig‘ilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Ulug‘bek Abdullayev va Falsafa fanlari doktori Gularam Masharipova o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishdi.

✅O‘quv seminarida joriy yilning 6-sentabrdan yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan mustaqillik darslarida ko‘tarilishi kerak bo‘lgan mavzular aytildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalqaro konferensiyalardagi ma’ruzasi, 17-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusi, 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan yig‘lish va unda ko‘tarilgan masalalar shuningdek, Yurtimiz mustaqilligining 30-yilligiga bag‘ishlab so‘zlagan nutqlari yuzasidan ma’ruza olib borildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!