Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik instituti 1932 yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: "Paxtani dastlabki qayta ishlash" va "Mexanik texnologiya", 4 ta mutaxassislik bo'yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to'quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-33 o'quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.

REKTOR
VAHABOV DAVRON ABDUJALOLOVICH
DONOLAR FIKRLARI
Muhokama

PROQUEST MA’LUMOTLAR BAZALARIDAN FOYDALANISH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR BO’LIB O’TDI

photo_2023-02-22_16-34-18

Ma’lumki, hozirda institut ilmiy salohiyatini oshirish va unda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek, Web of Science, Scopus va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar chop etish ko‘lamini kengaytirish, talab darajasidagi maqola tayyorlash ko‘nikmalarini shakllantirish, mazkur bazalardan samarali foydalanish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan bugun 22-fevral kuni soat 1000 da 1-bino 222-xonada Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi (K.Avazov), institut Axborot resurs markazi (R.Garibyan) hamda E-Line Press kompaniyasi bilan hamkorlikda amaliy seminar o‘tkazildi. Unda E-Line Press kompaniyasi vakili “ProQuest» resurslari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Pazilova Nargiza Adxamovna tomonidan “ProQuest dissertatsiyalari va global tezislari ma’lumotlar bazalari bilan ishlash. ProQuest nashriyoti faoliyati va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish” mavzusidagi seminar treningi bo‘lib o‘tdi. Unda institutda faoliyat ko‘rsatayotgan doktorantlar, magistr va izlanuvchilar ishtirok etishdi. Seminar qiziqarli va mazmunli o‘tdi, ishtirokchilar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.          Ma’lumot o‘rnida: institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan 2022 yilda «Scopus» ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda 175 ta ilmiy maqolalar chop etilib, ulardan 69 tasi indeksatsiyalandi. Institutda xalqaro ilmiy texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanish ishlarini samaradorligini oshirish va ommalashtirilgan.

Davlat xizmatlari

Biz bilan aloqa

Manzil

Toshkent shahar shohjahon ko’chasi, 5 uy

Qabulxona

TEL : +(99871) 253-06-06

FAX: +(99871) 253-36-17 

Email : mail.ttyesi.uz

Devonxona

Dushanba — Juma 08:30 — 17:00

institutga keluvchi jamoat transportlari

77, 32,98

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!