YANGILIK VA TADBIRLAR

Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

1-16

      2021-yilning 18-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti delegatsiyasi tashrif buyurishdi. Uchrashuv chog‘ida Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Qardosh Qirg‘iziston Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya va institut rahbariyati о‘rtasida muzokara о‘tkazildi. Ushbu muzokarada B.Sidiqov nomidagi Qirg‘iz-О‘zbek Xalqaro universiteti tomonidan Rayimbayev Chatkalbay Keneybayevich – universitet rektori, i.f.d., professor; Baltabayeva Aida Tinaybekovna – xalqaro hamkorlik va investitsiya departamenti boshlig‘i, falsafa f.d., professor; Yusupov Alisher Shavkatbekovich – о‘quv bо‘limi boshlig‘i, i.f.n., dotsent; Zulpukarov Altinbek – sirtqi ta’lim fakulteti dekani, t.f.n., dotsent; Shakiyev Shaydilla Orunbekovich – moliya-iqtisod fakulteti dekani, i.f.n., dotsent; Isayev Ilyaz Erkinbekovich – muhandislik texnologiyasi fakulteti dekani, t.f.n., dotsent; Salimov Rustambek Shuxratbekovich – xalqaro hamkorlik bо‘limi bosh mutaxassisi, PhD doktori ishtirok etdilar. О‘zbekiston Respublikasi tomonidan Sabirov Ilxom Kaxramonovich – institut rektori, t.f.d., professor; Tashpulatov Salix Shukurovich – xalqaro hamkorlik bо‘yicha prorektor, t.f.d., professor; Nabiyev Nabijon – xalqaro hamkorlik bо‘limi boshlig‘i, PhD doktori, dotsent: qatnashdilar.

     Muzokara vaqtida joriy yilning 11-12 mart kunlarida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti S.Japarovning Toshkent shahrida olib borilgan muzokaralarda kо‘tarilgan masalalar yuzasidan ikki oliy ta’lim muassasasining о‘zaro hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish, professor-о‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligini kо‘tarish, ilmiy tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish, ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash, Qirg‘iziston Respublikasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash kо‘lamini kengaytirish masalari kо‘tarildi.

     О‘tkazilgan muzokaralar natijasida, Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti va B.Sidiqov nomidagi Qirg‘iz-О‘zbek Xalqaro universiteti о‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, universitet bazasida Xalqaro fakultet tashkil etish, Qо‘shma ixtisoslashgan kengash tashkil etishni nazarda tutilgan Memorandum va ikki tomonlama diplom beruvchi qо‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash bо‘yicha shartnoma imzolandi.

      Ishonamizki, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va Qirg‘iz-O‘zbek Xalqaro universiteti o‘rtasida imzolangan ushbu shartnoma hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaydi. Kelajakda turdosh yo‘nalishlarda maxsus kengash tuzilib, unga ikki tomonning yetakchi olimlari jalb qilinadi. Buning natijasida raqobatbardosh va o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lgan kadrlar tayyorlash kо‘lami yanada kengaytiriladi.

     Tadbir so‘ngida mehmonlar dizayn studio, To‘qimachilik materiallari texnologiyasi,  Yigirish texnologiyasi va Ipak texnologiyasi kafedralaridagi zamonaviy laboratoriyalar bilan tanishtirildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!