YANGILIK VA TADBIRLAR

Qizlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

6

2021-yil 30-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 5-bino sport zalida Yakkasaroy tumani hokimining 24-aprelda ishlab chiqilgan rejasining 4-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi Oliy ta’lim muassasalarining qizlar jamoalari o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada institutning “To‘qimachi”-1,“To‘qimachi”-2 sport klubining qizlar jamoalari hamda Kamoliddin Behzod nomidagi rassomchilik va dizayn instituti qizlar jamoalari ishtirok etishdi. Musobaqa Xalqaro olimpiya tizimi asosida o‘tkazildi.

Musobaqada 40 dan ortiq talaba qizlar ishtirok etishdi. Natijaga ko‘ra, institutning “To‘qimachi”-1 jamoasi qizlari 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!