YANGILIK VA TADBIRLAR

Rasman magistratura uchun chet tili bo‘yicha test sinovlari sanasi aniq bo’ldi

photo_2021-08-26_13-43-31

2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 09:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 17:30 dan 18:30 ga qadar;
3️⃣-smenada 20:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlari tanlagan chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi va 1 soat vaqt ajratiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-qaroriga muvofiq test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.

2021/2022-oʻquv yili qabulida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha oʻqishga kirish uchun magistr.edu.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtgan va birinchi bosqichda oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻtkazilgan mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlarida qatnashganlarga (toʻplagan balidan qatʼiy nazar) ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan chet tilidan test sinovlarida ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!