YANGILIK VA TADBIRLAR

“Rasmiy niqoblar dizayni tanlovi-2021” modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi

photo_2021-12-04_11-04-40 (2)
“KOR-Uz” tо‘qimachilik texnoparkida yaratilgan tayyor mahsulotlarning taqdimoti hamda bugungi kunda dunyo miqyosida davom etib borayotgan COVID-19 pandemiyasidan saqlanish uchun kerak bо‘ladigan niqoblarning “Rasmiy niqoblar dizayni tanlovi-2021” hamda “Modalar namoyishi” tanlovi va ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu tanlovda Koreya Respublikasining vakillari va respublikaning tegishli vazirlik va idoralari hamda hamkor kompaniyalardan delagatsiyalarning ishtirok etishdi.
Shu munosabat bilan tanlovda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tashkil etilgan Dizayn-AICP kafedrasi 2-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Tanlovda AICP1-20 guruh talabasi Raximberdiyeva Rigina faxrli 1-o‘rinni egallab, 15 mln so‘m va AICP1a-20 guruh talabasi Umarova Shaxzoda 3-o‘rinni egallab, 5 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritishdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari hamda qo‘shma ta’lim dekani g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarni tabrikladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!