Joriy yilning 2-fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Sabirov Ilxom Kaxramanovich, prorektorlar va fakultet dekanlari rahbarligida institutning 2-o‘quv binosi hududining “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi hamda “To‘qimachilik materialshunosligi” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi va dars mashg‘ulotlari bo‘ylab nazorat olib borildi.

O‘quv jarayoni bilan tanishilib, talaba-yoshlar, ularning muammolari, takliflarini o’rganish yuzasidan suhbat olib borildi. Sabirov Ilxom Kaxramanovich yoshlarga qarata: “Men ham sizlar kabi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olganman. O‘ylaymanki, ushbu auditoriyada istiqboli buyuk yoshlar o‘tiribdi.

Kelajakda sizlar ham vatanimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan inson bo‘lib yetishasiz. Muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev yil nomini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deya e’lon qildilar. Sizlarga berilayotgan bu imkoniyatlardan unumli foydalanib, oldingizga ulkan maqsad va vazifalar qo‘ying. Har biringizning taklif va murojaatlaringizga doim tayyorman” – deya alohida ta’kidlab o‘tdi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!