Joriy yilning 1-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ma’naviyat soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bunda institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramonovich, prorektor va dekanlar hamda institutning ustoz-murabbiylari ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuvda institut va fakultet murabbiylar kengashi raisi etib Aliboy Farmonov tanishtirildi.

Shundan so‘ng, kuni kecha bosh vazir o‘rinbosari Musayev Bekzod Anvarovich boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar murabbiylarga yetkazildi. Hukumat tomonidan Oliy ta’lim muassasalari rahbariyati va guruh murabbiylariga qo‘yilgan talablar va talaba-yoshlar bilan ishlash, ijarada hamda talabalar turar joyida yashayotgan yoshlarning “Talababay” holatini o‘rganish, ularning bazasini yangidan shakllantirish, talabalarning yashash sharoiti, kimlar bilan yashayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bankini to‘liq shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Keyingi yana bir muhim bo‘lgan xabar, Yunusobod tumanida yashovchi bir qator Oliy ta’lim muassasalari talabalarining baxtsiz hodisa tufayli sodir bo‘lgan falokatidir.

“Ushbu baxtsiz hodisa nafaqat vafot etgan talabalar tahsil olayotgan Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari balki, barchani birdek chuqur qayg‘uga soldi. Mana shunday baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun institut rahbariyati ta’lim olayotgan har bir bir talabaning sharoiti, yashash tarzi bilan yaqindan tanishishi, ular haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmog‘i lozim”. – deya Sabirov Ilxom Kaxramonovich ta’kidlab o‘tdi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!