YANGILIK VA TADBIRLAR

Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

12

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning О‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq” deya ta’kidlagan. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 78-F Farmoyishi bilan tasdiqlangan О‘zbekiston Respublikasida xalqaro va respublika miqyosida joriy yilda о‘tkaziladigan ilmiy tadbirlar rejasiga asosan Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida tashkil etilgan “Fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida paxta tozalash, tо‘qimachilik, yengil sanoat, matbaa ishlab chiqarish innovatsion texnologiyalarining dolzarb muammolari va ularning yechimi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani Muhtaram Prezidentimizning ushbu fikrlari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Anjuman doirasida joriy yilning 28-april kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida sohaga oid turli yig‘ilishlar tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Istitut rektori Sabirov Ilxom Kaxramonovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Gulamov Azamat Eshankulovich, tegishli ilmiy maktablar kesimida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarni olib borayotgan doktorantlar, yosh olim va iqtidorli talabalar taklif etildi.

Anjuman institut va soha yosh olimlari tomonidan erishilgan ilm-fan yutuqlarini о‘zaro muhokama etish, о‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.
Respublika ilmiy-amaliy anjumani doirasida quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha yalpi va shо‘ba majlislari о‘tkazildi.

1. Klaster tizimida paxta sanoati, mexanika, tо‘qimachilik xomashyolarini qayta ishlashning dolzarb muammolari va ularning innovatsion yechimlari
2. Tо‘qimachilik iplari va matolarini ishlab chiqarishni innovatsion rivojlantirish istiqbollari
3. Yengil, kimyo va matbaa sanoati ishlab chiqarishidagi innovatsion texnologiyalar
4. Sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda Dual ta’limning hamda fundamental, ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogika fanlarini о‘qitishning о‘rni.

Mazkur ilmiy-amaliy anjumanda nafaqat institut, balki Respublikamizning hamda xorijdagi kо‘plab professor-о‘qituvchilar, yosh olimlar va iqtidorli talabalarning 300 ga yaqin ilmiy maqolalarini o‘zida jamlagan.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!