YANGILIK VA TADBIRLAR

“SARI VA ADRAS: TO‘QIMACHILIK MATOSIGA IJODIY YONDASHUV” NOMLI TADBIR BO‘LIB O‘TDI.

photo_2021-10-30_13-35-30
2021-yilning 29-oktabr kuni Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda Hindiston mustaqilligining 75-yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram “Azadi Ka Amrit Mahotsav” doirasida “Sari: matoda to‘qilgan she’riyat” nomli maxsus taqdimot marosimi va rasmiy uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda 22 nafar oliy ta’lim vakillari, 42 mamlakat elchilari va elchixona xodimlari, 20 ta xalqaro tashkilot vakillari, 37 ta respublika, vazirlik va idoralardan vakillar hamda 16 nafar hind diasporasi vakillari ishtirok etishdi.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati tomonidan mehmonlar alohida hurmat va ehtirom bilan kutib olindi. Oliygoh rektori Ilxom Sabirov tashrif uchun barchaga cheksiz minnatdorchilik izhor etdi. Shuningdek, ushbu rasmiy uchrashuv orqali hamkorlik ishlari va ikki tomon o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirildi.
Tadbir davomida hind sari liboslarining ko‘rgazmasi, yoga va hindcha raqs ijrosi, “Havas” guruhi ijodkorlarining kuy-qo‘shiqlari mehmonlar e’tiboriga havola etildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!