YANGILIK VA TADBIRLAR

“SARI VA ADRAS: TO‘QIMACHILIK MATOSIGA IJODIY YONDASHUV”NOMLI TADBIRNING OCHILISH MAROSIMI.

photo_2021-10-29_15-04-31

 

Ma’lumki, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga ega. Mamalakatlar o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda joriy yilning 29-oktabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Sari va Adras: to‘qimachilik matosiga ijodiy yondashuv” nomli tantanali anjumanning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni oliygohning rektori, texnika fanlari doktori – Ilxom Sabirov ochib berib, bir-biriga har jihatdan yaqin bo‘lgan o‘zbek va hind xalqlarini azaldan an’anaviy do‘stlik, birdamlik, madaniy, tarixiy va ma’naviy rishtalar bog‘lab kelganligi xususida so‘z yuritildi.
Mazkur tadbirning asosiy mohiyatida ham hind ayollarining milliy libosi sari, o‘zbek ayollarining milliy liboslari atlas va adrasda ranglarning jilolanishi, to‘qimachilik uslublarida ham aynan hunarmanchilikdan foydalinishi ya’ni sarida ham to‘quv dastgohida ikki taraflama to‘qish aynan adras matosini to‘qish jarayonida ham ikki taraflama to‘qish uslubidan foydalanishni bu milliy hunarmandchilikda ham keng ma’nodagi o‘xshashlik borligini ko‘rsatadi.
O‘ylaymizki, ushbu tadbir natijasida ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanadi hamda kelgusida to‘qimachilik va yengil sanoat sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish, madaniyat va ta’lim sohasida institut professor-o‘qituvchilarining hamda talabalar, ilmiy izlanuvchilarning tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshiriladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!