YANGILIK VA TADBIRLAR

SHARAFLI UMR — 70 YOSHLIK YUBILEY

0003

Inson dunyoga kelar ekan, uning taqdiri ham o‘zi bilan birga tug‘iladi, umr yo‘llarining bahosi esa hayotining qay tarzda mazmunli, chiroyli xotiralarga boy o‘tgani bilan o‘lchanadi. Hamma ham yashaydi, biroq ko‘plab insonlarning qalbida yashash, qiyin vaziyatlarida yonida turib mehri va hurmatini qozonish, shogirdlar tayyorlab el-u yurt uchun kerakli kadrlar etib tayyorlash kabi ezgu ishlar hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti  “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi dotsenti Ahmedov Alisher Mirakbarovich ana shunday samimiy va o‘z kasbining fidoyi ustozlaridan biri.

Ahmedov Alisher Mirakbarovich 1951-yil 22-mart kuni Toshkent shahri xizmatchi oilasida tavallud topadi. 1958-1968-yillar maktabning faxrli yoshlaridan biri bo‘lib, maktabni tamomlagach, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Mexanika fakultetiga o‘qishga qabul qilinadi. 1974-yili institutni tugatib, “Paxta sanoat-Ilm” konstruktorlik lavozimida faoliyat olib boradi. 1978-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Mashinashunoslik texnologiyasi” kafedrasida asisstentlik lavozimida ishga qabul qilindi. 1985-yilda kondidantlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Hozirgi vaqtda  “Texnologik mashinalar va jihozlar ”kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelayotgan ustoz umrining ko‘p qismini ilmga bag‘ishladi.

Joriy yilning 23-mart kuni Institut rektori Sabirov Ilxom Kahramanovich hamda institut jamoasi tomonidan Ahmedov Alisher Mirakbarovichnining sharafli 70 yosh yubileylari bilan muborakbod etish tadbiri amalga oshirildi. Unda ishtirok etganlar Ustozga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rish, ilmiy ishlarda muvaffaqiyat va zafarlar tilab, hamisha institut faxri bo‘lib yurishlarini niyat qilishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!