YANGILIK VA TADBIRLAR

“Shoxjahon” mahallasida “Ijodiy mahorat darsi” tashkil etildi

1-13

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi о‘qituvchilari M.Xasanova, N.Nabiyev va K.Rasulovalar tomonidan, “Shoxjahon” mahallasida “Mahallabay” tizimi asosida joriy yilning 7-iyun kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qо‘llab-quvvatlash va bandligiga kо‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF-6208-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Ijodiy mahorat darsi” tashkil etildi.

Tadbirda “Kimyoviy texnologiya” yо‘nalishi 3-kurs talabasi Tо‘xtamurodova Hilola va hunarmand Yusufbekova Nargiza о‘z ijodiy ishlarini namoyish etdilar. Tо‘xtamurodova Hilola turli metallardan milliy taqinchoqlar, aksessuarlar yasash bо‘yicha xunarmandlar uyushmasi faoli hisoblanadi. Hilola ushbu faoliyati bо‘yicha kо‘pgina tanlovlarda ishtirok etib kelmoqda. Yevropa ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Idea Fest” xalqaro yoshlar festivalida ishtirok etib, “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” yо‘nalishida g‘oliblikni qо‘lga kiritib, 12 ming yevro miqdorida grant yutib olgan.

Hunarmandlar uyushmasi a’zosi Yusufbekova Nargiza matolarga akril bо‘yog‘ida gul bosishning batik texnologiyasini namoyish etdi.
Tadbirda mahallaning 13 nafar faol yosh qizlari ishtirok etishdi. Ushbu hunar turlariga qiziqish bildirishdi. Mahalla qizlariga О‘zbekiston Respublikasi Hunarmand uyushmasi va qizlar klubiga a’zo bо‘lish, loyiha va tadbirlar tanlovida ishtirok etish bо‘yicha yо‘l-yо‘riqlari tushuntirildi. Bu taklifga qizlar katta qiziqish bildirishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!