YANGILIK VA TADBIRLAR

“Sinocot Tashkent Cotton Equipment” MCHJ QK tomonidan mahorat darsi tashkil etildi

1

     2021-yilning 22-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining  “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida mahorat darsi tashkil etildi.

     Ushbu tadbirda institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramonovich, “Sinocot Tashkent Cotton Equipment” MCHJ QK direktori Jin Xin Martin, direktor maslahatchilari Tog‘ayev Shavkat, Yuldashov Davlatvoy, sotish bo‘yicha menejer Madyarov Mirzoxidjon, “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrlar va 1a-18, 1b-18 guruh talabalari ishtirok etishdi.

     Nazariy va amaliy ko’nikmaga ega bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash, professor-о‘qituvchilarning malakasini oshirish, korxonaning yutuqlarini aks ettiruvchi materiallar bilan о‘zaro almashuvni yо‘lga qо‘yish, qiziqarli muammolar bilan tanishish, talabalarda ishlab chiqarish jarayonlari haqida tasavvurlarni hosil qilish bugungi kun talabidir.

     Shuningdek, ushbu korxona bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga asosan, bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishib, ochiq muloqat tarzida bo‘lib o‘tdi. Bu kabi uchrashuvlar talaba-yoshlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini oshishida yordam beradi, o‘z navbatida kelajakdagi ish faoliyatlarida poydevor sifatida xizmat qiladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!