YANGILIK VA TADBIRLAR

“SIRDARYO-MEGA-LUKS” korxonasiga TTYeSI jamoasi tashrif buyurdi

photo_2021-04-16_14-22-15

2021-yilning 15-aprel kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati, professor о‘qituvchilar hamda bitiruvchi kurs talabalar bilan birgalikda Sirdaryo shahrida joylashgan SP OOO “SIRDARYO-MEGA-LUKS” korxonasi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida korxonada uchrashuv о‘tkazildi.

Uchrashuvda Sirdaryo va Toshkent viloyatida doimiy istiqomat qiladigan, korxonada ishlash ishtiyoqi bor 12 nafar bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi. Uchrashuv dastlab korxonani ekskursiya qilish bilan boshlandi. Korxona mas’ullari korxonada о‘rnatilgan texnika va texnologiyalar bilan professor-о‘qituvchilar va talaba-yoshlarni yaqindan tanishtirib chiqishdi. Undan sо‘ng korxonaning yangi loyihalari, yangidan ishga tushirilayotgan obyektlari loyihasini, hamda u yerda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan ham yaqindan xabardor etdilar.

Yangi loyihalar 2021-yilning yakuniga qadar ishga tushirilishi tо‘g‘risida ma’lumot berilib, u yerga institutdan 10ga yaqin bitiruvchilarini ishga olish kelishib olindi. Bitiruvchilar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar korxona rahbariyatiga taqdim etildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!