Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi
Kafedra mudiri: Xakimov Sh.Sh. 
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: (0 371) 253-28-89
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 
5 uy, 3-bino, 4-qavat, 405-hona
E-mail: pochta@ttyesi.uz

                                                                                   KAFEDRA TARIXI

 

      “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” (Paxtani dastlabki ishlash) kafedrasi 1932 yil tashkil etilgan bo‘lib, uning asoschisi  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi muxbir a‘zosi, texnika fanlari doktori, professor BORIS APPOLONOVICH LEVKOVICHDIR. Bugungi kunda kafedrani texnika fanlari doktori, professor Xakimov Sherqul Sherg’oziyevich boshqarib kelmoqda. Hozirgi kungacha kafedrani 4000 dan ziyod muhandislar, 2500 dan ortiq bakalavrlar va 228 dan ziyod magistrlar bitirishgan. Kafedra qoshida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishadi. Kafedrada 190 nafardan ortiq soha bo‘yicha fan nomzodlari yetishib chiqqan. Ulardan 21 nafari soha bo‘yicha fan doktori dissertasiyalarini himoya qilishgan. Shu yillar ichida kafedra son va sifat jihatidan ham yuqori malakali kadrlar bilan to‘lib bordi. Bular tomonidan katta miqyosda ilmiy izlanishlar olib borildi. Shulardan 18 ta darslik (Mualliflari: B.A. Levkovich, G.J. Jabborov, Sh.Q. Qodirov, S.D. Baltabayev, D.A. Kotov, B.I. Roganov, G.I. Miroshnichenko, M.A. Aliyev, B.G. Kadirov, A.P. Parpiyev, M.T.Hodjiev, M.T.Tillayev, M.A.Babadjanov, M.A.Axmatov, A.Q.Usmonqulov),  12 ta monografiya (Mualliflari: B.A. Levkovich, S.D. Baltabayev, M.T. Xodjiyev, M.T. Tillayev, A.Ye. Lugachev, A.P. Parpiyev, Mardonov B.M. Usmonqulov A.Q, M.E.Ruzmetov, Tuychiyev T.O, Abbazov I.Z.), 1540 ilmiy maqola, 1200 uslubiy qo‘llanma chop etildi va 288 ta patent va foydali modellar guvohnomalari mualliflari bo‘lishgan.  

BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI:

5321500 Yengil sanoat  texnologiyasi va jihozlari (paxta)

60721300 “Tabiiy tolalani dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta)”

MAGISTRATURA MUTAHASSISLIGI:

70721301-“Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi”

SIRTQI TAʼLIM

5321200- biiy tоrni dаstlаbki ishlаsh tехgiyasi (Paxta); yo‘nalishlar bo‘yicha sirtqi ta’lim bo‘yicha talabalar taxsil olmoqdalar.

60721300 “Tabiiy tolalani dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta)”

 

  • Korxonalarni loyihalash
  • Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash
  • Tolali materiallarni quritish va namlash
  • Mahsulot sifatini aniqlash
  • Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlari
  • Paxtani dastlabki ishlash texnologik uskunalarini loyihalash
  • Tarmoq texnologiyasi va jihozlari
  • Urug‘ tayyorlash texnologiyasi
  • Uskunalarni ekspluatasiya qilish va ta’mirlash
  • Paxta sanoati mashinalarni loyihalash
  • Tadqiqot uslub va vositalari 
  • Kasb mahorati
  • Paxta mahsulotlarini standartlashtirish, sertifikatlash va marketing
  • Paxta tozalash sanoati uskunalarining pnevmotransport tizimlari
Paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish va sifatini boshqarish 
Urug‘lik chigit tayyorlash texnologik jarayonlarini loyihalash 
Mahsulotlar sifatini boshqarish  
Paxta sanoati texnologiyasini ilmiy muammolari 
Paxta sanoati texnologik jarayonlarini modellashtirish  
Texnologik jarayonlarni kompleks mexanizasiyalash  
  • Hakimov Sh.Sh. – kafedra mudiri, texnika fanlari doktori, prof.

  • Parpiev A.P.-t.f.d., professor.

  • Mardonov B.M.-f-m.f.d., professor.

  • Salimov A.M. t.f.n., professor.

  • Ismailov A.A. – t.f.n.,

  • Axmatov – t.f.n., dotsent.

  • Pardayev X.N. –  f.n., dotsent.

  • Gapparova M.A. – t.f.n., dotsent.

  • Bayhanov B.A. – t.f.n. dotsent.

  • Sharaxmedova M.D. – falsafa doktori (PhD).,

  • Tuychiyev T.O. – falsafa doktori (PhD).,

  • Navruzov N.A.- falsafa doktori (PhD).,

  • Berdanov E.Х. – falsafa doktori (PhD).,

  • Axmatov N.M. – falsafa doktori (PhD)., Katta o’qituvchi

  • Gatayev X.A. – katta o’qituvchi

  • Qosimov O.Z. – katta o’qituvchi

  • Ruzmetov M.E. – falsafa doktori (PhD)., prof.

  • Usmanov X.S.  –  texnika fanlari doktori, prof.

  • Ochilov M.M. – falsafa doktori (PhD).,

  • Shamsiyev I.R. – falsafa doktori (PhD).,

  • Eshmurodov D.D. – falsafa doktori (PhD)., Katta o’qituvchi

  • Shernazarov K.E. – assistant

  • Kuziyev B.N. – asistent

  • Mambetova X.X. – o’quv ustasi.

  • O’razmetova М.T. – o’quv ustasi.

  • To’htasinov S.Q. – laborant.

  • Abduraimova D.I. – laborant.

  • Safarov M.T. – laborant.

  • O’ktamov S.Y. – laborant.

       Kafedraning o’quv va laboratoriya  xonalari zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ta‘minlangan. Kafedra qoshida kichik paxta tozalash korxonasi mavjud. U 2010 yil to’liq kapital qayta ta‘mirlanib, modernizasiya qilindi va zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan jihozlangan.
Kafedrada tayyorlanayotgan mutaxassislar institutda olgan  nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida kafedra qoshidagi  kichik paxta tozalash korxonasida amaliy malaka ko‘nikmalarini shakllantiradi.           Bakalavrlar, magistrlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarimiz hamda iqtidorli talabalarimiz paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonlarini o‘rganishlari bilan bir qatorda ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
       Kafedra qoshida “Texnolog” ilmiy to‘garagi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.  Iqtidorli talabalarni  2-kursdan boshlab ilmiy ishlarga jalb qilinib, ularning ilmiy yo‘nalishi va mavzulari aniqlanib, professor-o‘qituvchilarga biriktirilib, birgalikda ilmiy ishlanishlar olib bormoqdalar.
           Kаfеdrа “Uzpaxtaklaster” uyushmasi   tаsаrrufidаgi pахtа tоzаlаsh kоrхоnаlаri va “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, “OSBORN Textile” bilаn innovаtsiоn hamkоrlik аlоqаlаri o‘rnаtilgаn bo’lib, ulаr bilаn pахtаni qаbul qilish, sаqlаsh, quritish, tоzаlаsh vа pахtаni chigitidаn tоlаsini аjrаtib оlishning  yangi tехnikа vа  tехnоlоgiyalаrini yarаtish bo’yichа nаzаriy vа аmаliy ilmiy izlаnishlаr оlib bоrmоqdа.
           О‘qish jarayonida nazariy –amaliy mashg‘ulotlarni о‘tqazish TTESI ning TTDIT kafedrasi qoshidagi “WIS Tashkent Ltd” laboratoriyasida paxta tolasini zamonaviy uskunada aniqlovchi HVI о‘rnatilgan bо‘lib, unda bakalavr magistr talabalariga amaliy loboratoriya ishlarini о‘tkazish bilan ilmiy tadqiqot xam olib boriladi.
           Zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob beradigan loyihalashning ilg‘or usullarini mukammal biladigan mutaxassislarni tayyorlash maqsadida kafedrada Buyuk Britaniyaning “WIS” “Wakeffeld Inspection Services” (WIS, Liverpool, GB) ИП ООО “Wakeffeld Inspection Services (Tashkent)” Toshkent shahrida joylashgan. О‘zbekiston va qо‘shni davlatlarda yetishtiriladigan paxtani haridorlarning talabiga binoan tolaning sifat kursatkichlarini aniqlab berish xizmatlarini kо‘rsatadi. Kompaniya tomonidan Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutiga о‘quv jarayonida foydalanish, о‘quv jarayonida nazariy – amaliy mashg‘ulotlarni sifatli о‘tkazish maqsadida beg‘araz homiylik tariqasida taqdim etilmoqda laboratoriyasi mavjud. Ushbu laboratoriyada professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishadi. Kafedrada o‘qish davomida Paxtani qayta ishash mashinalarini loyihalash va korxonalarni loyihalashning zamonaviy uslublari, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rganadilar.

Kafedrada hozirgi kunda 4 ta ishlab chiqarish korxonalarida filiallari mavjud boʼlib. Bular:
AJ “Paxtasanoat ilmiy markazi”;
MCHJ “OSBORN Textile”;
MCHJ “Mustaqillik paxta tozalash korxonasi”;
MCHJ “О‘zbekiston paxta tozalash korxona”.
                                   Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti
“Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi
va Farg‘ona politexnika instituti hamkorligidagi  faoliyati bо‘yicha
foto lavhalar
                                     Farg‘ona Politexnika instituti TTDIT kafedrasi professor-о‘qituvchilari
Xamidov Voxidjon ass.
Turdiyev Xayotbek ass.
Oripov Jasurbek ass.
TTDIT kafedrasi a’zolari.
“Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida “Paxta tolasi sifatini zamonaviy usullarda aniqlash” laboratoriyasini taqdimoti.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!