Joriy yilning 9-iyun kuni Talaba.uz va Talaba_Live_Rasmiy telegram kanallarida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining ayrim talabalari Davlat Attestatsiyasi va diplom himoyasiga qо‘yilmayotganligi tо‘g‘risida xabar tarqaldi.
Mazkur murojaat yuzasidan institutda ishchi guruh shakllantirilib, holat bо‘yicha surishtiruv ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, 24-18 guruhida tahsil oluvchi talaba A.SH. diplom himoyasiga tayyorlagan Bitiruv malakaviy ishida ayrim kamchiliklar kafedra mudiri tomonidan kо‘rsatib berilgan. Ushbu talaba tomonidan tayyorlangan BMI ishini о‘rganish uchun tashqi ekspertlar jalb etilib, xulosasi kutilmoqda. Talabalarning telegram guruhida yozilgan xona ta’miri masalasi notо‘g‘ri ekanligi ayrim talabalar bilan suhbatda aniqlandi.
Institut rahbariyati talabalardan har qanday holatda ma’lumotni birinchi navbatda rasmiy sahifalarga murojaat yozishini sо‘rab qoladi. O‘z navbatida o‘quv yurti rahbariyati talabalarning muammolarini hal etish uchun doimo tayyorligini ma’lum qiladi. O‘tkazilayotgan diplom himoyalari doimiy onlayn tarzda internet tarmoqlari orqali yoritib borilmoqda. Bu guruh talabalarining ham himoyalari onlayn yoritilishini ma’lum qilamiz.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.