YANGILIK VA TADBIRLAR

TALABA-YOSHLAR DIQQATIGA!

1

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Komilova Xolida Hafizovna va Matbaa texnologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi Saidahmad Ahmedovning “Ustoz-shogird” loyihasi haqida ko‘pchiligingiz  eshitgansiz. Ushbu loyiha talaba-yoshlarni o‘quv jarayoniga jalb qilishni o‘z ichiga oladi, har bir talaba uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumot olish va o‘z ustida ko‘proq ishlash, yanada mukammal bilimga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

Siz ham  “Ustoz-shogird” loyihasida ishtirok eting. Bizning safimiz kengayib bormoqda. Jumladan, Matbaa texnologiyasi  fakulteti 1-bosqich talabasi – Nodirbek  Sodiqov ushbu loyihaning to‘ng‘ichi hisoblanadi. U “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasida ustozlar ko‘magi ostida rivojlanishni boshlagan va ushbu kafedraning mudiri Ortiqov Oybek Akbaraliyevich uni shogirdlari safiga olgan. Nodirbek Sodiqovga omad tilaymiz! Ushbu loyihamizda sizlarni kutib qolamiz….

MUROJAAT UCHUN:  + 99897 719-40-90

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!