2021-yil 23-24 oktyabr kunlari “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” maqsadida 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda 2021-yilda mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”ga bag‘ishlab Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalar turar joyida mini-futbol, voleybol, stol tennisi va shahmat-shashka, sport turlaridan musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2021/10/2-17-1024x768.jpg)
Musobaqada 4ta fakultetning o‘g‘il-qiz talaba-yoshlar jamoalari qatnashishdi. Bellashuvlarning nizomi ishlab chiqildi hamda olimpiya tizimi asosida o‘tkazildi.
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2021/10/3-17-1024x768.jpg)
G‘oliblar institut rahbariyati tomonidan estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Musobaqa ishtirokchilariga diplomlarni Talabalar shaharchasi direktori Bobomurotov Tojiddin hamda Yoshlar ittifoqi yetakchisi taqdim etishdi.
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2021/10/5-11-1024x575.jpg)