YANGILIK VA TADBIRLAR

TALABALAR DIQQATIGA!!!

0

           Institut tomonidan Miniatura va xalq amaliy san’ati yo‘nalishidagi yosh ijodkorlarning milliy o‘zligimizni anglash g‘oyalarini tarannum etuvchi yorqin san’at asarlarini yaratishdagi faoliyatini rag‘batlantirish va yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatura va xalq amaliy san’ati asarlari ijodiy tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlov 1-fevraldan 1-martgacha 15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha belgilanadi:

– Eng yaxshi miniatyura asari uchun;

– Eng yaxshi grafik asari uchun;

– Eng yaxshi naqqoshlik asari uchun;

– Eng yaxshi amaliy san’at asari uchun (amaliy san’at turlari bo‘yicha)

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yosh ijodkorlar quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim:

-http:/www.art-academy.uz saytida joylashtirilgan namuna asosida to‘ldirilgan ariza;

– ishtirokchining pasport (yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) nusxasi;

– taqdim etilgan barcha ijodiy ishlar haqida ma’lumot berilishi (asar nomi, yaratilgan yili, texnikasi);

– taqdim etilgan barcha ijodiy ishlar nomi o‘zbek, rus va ingliz tillarida berilishi;

– erkin mavzudagi so‘nggi uch yil davomida yaratilgan mualliflik ishlari.

– ishtirokchining oxirgi 3 oy ichidagi 4×6 hajmdagi 2 dona fotosurati.

        Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar hujjatlarini Yoshlar bilan ishlash hamda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga topshiradilar. G‘olib bo‘lganlar respublika bosqichiga yo‘naltiriladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!