2021-yilning 2-fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ustoz va talabalari “Teatr – tarbiya maskani” rukni ostida O‘zbekiston Davlat drama teatriga ijodiy tashrif uyushtirildi.

Talabalar teatrning kirish qismida tashkil etilgan teatr rassomlarining asarlari ko‘rgazmasi, teatr liboslari va dekoratsiyalr namoyishidan bahramand bo‘lishdi. Teatrga tashrif buyurgan barcha tomoshabinlarga Chingiz Aytmatov qalamiga mansub “Jamila” spektakli namoyish etildi.

Mazkur sahna asarini talabalar katta qiziqish bilan tomosha qilishdi hamda aktyorlar bilan esdalik suratga tushishdi. Mana shunday ijodiy uchrashuvlar talaba-yoshlar uchun ma’naviy ozuqa bo‘lib xizmat qiladi. Adiblarning asarlarini sahnada iste’dodli aktyorlar tomonidan talqin qilinishi ularning qanchalik mahorat egasi ekanligidan dalolat beradi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!