Joriy yilning 4-iyun kuni Yakkasaroy tumanida joylashgan “Tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida 2021-yilda Prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Ulug‘bek Abdullayev, Yakkasaroy tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i Alisher O‘runov, “Tepa” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, jamoatchilik a’zolari va institut talaba-yoshlari ishtirok etdilar.