YANGILIK VA TADBIRLAR

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi koronavirusga qarshi vaksina olishni boshladi

photo_2021-06-29_10-26-35

   Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Ilxom Sabirov boshchiligida professor-о‘qituvchilar va xodimlar jamoasi koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.

    Prezidentimiz raisligida 2021-yilning 1-aprel kuni mamlakatda sogʻliqni saqlash masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat haqida ham soʻz bordi. – “Xavf yonimizda yuribdi. Buning oxiri koʻrinmayapti, eng yomoni, bu kasallik qoʻshni mamlakatlarda avj olyapti. Shu bois, kuchaytirilgan tartibga oʻtamiz. Lekin biron joyni yopmaymiz. Tajribamiz bor. Shundan foydalanib vaziyatdan chiqamiz”, – dedi Prezidentimiz.

    Butun dunyoda bugungi kunda koronavirus pandemiyasi hukm surmoqda. Xususan, mamlakatimizda bir yildan ortiq davom etayotgan pandemiya davri jamiyatimizga о‘zining salbiy ta’sirini kо‘rsatmay qolmayapti. Buning sababi esa karantin talablariga befarqlik.

    Yurtimizda davom etayotgan vaksinatsiya jarayonlari virusning insonalarga ta’sirini kamaytirishda asosiy omil bо‘lib turibdi. Vaksinalar immunitet tizimingizni mustahkamlab, sizga yuqishi mumkin bо‘lgan viruslarga qarshi kurashishda ishtirok etadi. Unutmang, o‘zingizni asrasangiz, oilangizni asraysiz, oilangizni asrasangiz, atrofni asraysiz, atrofni asrasangiz esa vatanni asraysiz!

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!