Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi Toshkent shahri Sirg‘ali tumanidagi 237, 266, 267, 269, 304, 322 maktablar va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 12, 17, 29, 42-maktablar o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish hamda ularni metodik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek yuqoridagi maktablar bitiruvchilarini OTMga kirish imtihonlariga tayyorlash yuzasidan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, institut professor-o‘qituvchilari tasdiqlangan grafik asosida yuqoridagi maktablar o‘qituvchilari va bitiruvchi sinf o‘quvchilariga mahorat darslari hamda qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari, to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tib kelishmoqda. Xususan, 2021-yilning 12-yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Tikuv buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan, 15-yanvar kuni esa Kostyum dizayni kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yuqoridagi umumta’lim maktablarining texnologiya va chizmachilik fanlari o‘qituvchilari uchun Zoom programmasida mahorat darslari o‘tildi. Mahorat darslarini Tikuv buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi kafedrasidan S.T.Sharipova, Kostyum dizayni kafedrasidan Z.Sabirovalar olib borishdi. Mahorat darslarida texnologiya va chizmachilik fani o‘qituvchilariga oshpazlar qalpog‘ini tikish usullari o‘rgatildi hamda moda industriyasi va fashion biznes haqida ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, maktab bitiruvchilarini OTMga kirish imtihonlariga tayyorlash maqsadida joriy yilning 12-yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Fizika va elektrotexnika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Sirg‘ali tumanidagi 304-maktabda, 13-yanvar kuni Kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Sirg‘ali tumanidagi 267-maktabda, 15-yanvar kuni Matematika va informatika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Sirg‘ali tumanidagi 322-maktabda hamda 16-yanvar kuni Muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Sirg‘ali tumanidagi 237-maktabda qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari o‘tildi. Qo‘shimcha dars mashg‘ulotlarini Fizika va elektrotexnika kafedrasidan F.T.Boymurodov va F.F.To‘rayevlar, Kimyo kafedrasidan A.R.To‘laganov, Matematika va informatika kafedrasidan A.E.Tangirov, Muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasidan F.A.Abduraximovalar olib borishdi. Qo‘shimcha dars mashg‘ulotlarida bitiruvchi sinf o‘quvchilariga kuchlanish va tok kuchi, metallar, boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral hamda grafik chizuvchi dasturlar haqida ma’lumotlar berildi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!