Ta’lim sifati va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda metodik qo‘llab-quvvatlash yuzasidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga biriktirilgan maktablarda amaliy va nazariy ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi otalig‘iga olgan Toshkent shahri Sirg‘ali tumanidagi 237, 266, 267, 269, 304, 322-maktablar va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 12, 17, 29, 42-maktablar o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish hamda ularni metodik qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, institut professor-o‘qituvchilari tasdiqlangan grafik asosida yuqoridagi maktablar o‘qituvchilariga mahorat darslarini o‘tib kelishmoqda. Xususan, 2021-yilning 5-yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Matematika va informatika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan, 6-yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan, 7-yanvar kuni esa Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Fizika va elektrotexnika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yuqoridagi umumta’lim maktablarining matematika, kimyo hamda fizika fanlari o‘qituvchilari uchun Zoom platformasida mahorat darslari o‘tildi.

Mahorat darslarini Matematika va informatika kafedrasidan Gʻ.Roziqov, Kimyo kafedrasidan S.Karimov hamda Fizika va elektrotexnika kafedrasidan dotsent X.Isayevlar olib borishdi. Mahorat darslarida matematika, kimyo hamda fizika fani o‘qituvchilariga funksiya hosilasini hisoblashda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan formulalar, kimyo fanining ahamiyati, uning obyekti, predmeti hamda vazifalari haqida, shuningdek, fotoeffekt hodisalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!