YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYeSI xodimlari tomonidan Turkiya Respublikasining bir qator tashkilot va korxonalariga xizmat safari uyushtirildi.

1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro Rivojlantirish Assotsiyasiyasi ishtirokidagi Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2848-sonli qarorining 5-bandida belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarilishini ta’minlash maqsadida hamda Jahon bankining 2019-yil 29-yanvar va 15-fevraldagi xatlariga mufoviq va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019-yil 20-fevraldagi 166-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Nig‘matova Fotima Usmonovna va Mansurova Munisa Anvarovna hamda “Kostyum dizayni” kafedrasi dotsenti Shomansurova Muxtabar Turkiya Respublikasiga 2021-yil 13-27 oktyabr kunlari AIF loyihasi doirasida “GLENGO TECHNOLOJI TICARET VE SANAYI A.S.” tashkilotiga dasturiy ta’minot xarid qilish va malaka oshirish uchun xizmat safariga borib kelishdi.
Tashrif davomida “GLENGO TECHNOLOJI TICARET VE SANAYI A.S.” tashkilotida “GERBER TECHNOLOGY ACCUMARK 3D” dasturini o‘rganib sertifikatga ega bo‘lishdi hamda “LC WIKIKI” korxonasining bichuv jarayonlari va “DENIM CO” brendining dizayn studiyasi bilan ham yaqindan tanishildi.
Bundan tashqari, Istambul Texnologiya Universitetiga tashrif buyurib, professor-o‘qituvchilar bilan xalqaro tajriba almashdilar. Keyinchalik ushbu universitet bilan ilmiy ishlar va professor-o‘qituvchilarni malakalarini oshirish bo‘yicha shartnoma tuzish rejalashtirildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!