YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYeSIda xayriya hashari o‘tkazildi

photo_2021-08-17_10-03-14

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 455-F-sonli farmoyishiga muvofiq sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimiz bо‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qо‘llab-quvvatlash maqsadida 2021-yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilandi.

Shunga kо‘ra, 21-avgust kuni umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari о‘tkazildi. Ko‘ngildan boshlangan obodlik, yaratish-yashnatish ishtiyoqi ona-Vatanga cheksiz mehr-muhabbat ifodasiga aylanib, borliqqa ko‘rkamlik, go‘zallik bag‘ishlaydi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti xodimlari ham bugun erta tongdan maʼmuriy binolar atrofida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borishdi.

Institut jamoasi tomonidan o‘zlari xizmat olib borayotgan maʼmuriy binolar atrofidagi dalalarni yovvoyi o‘t-cho‘plardan tozalash, daraxtlarga shakl berish va oqlash, devorlarni oqlash, ariqlar tozalanib, gullarga suv quyish kabi ishlarni bajarmoqda. Shu kabi ishlar oliyning bo‘limi va hududlarida uyushqoqlik bilan amalga oshirildi..

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!